
Omonqo‘ton turizm mahallasi tog‘li hududda joylashgan bo‘lib, MTB yo‘llari, tabiat manzaralari va ziyorat joylari bilan mashhur. Mahallada mehmon uylari va dam olish infratuzilmasi rivojlanmoqda.Omonqo‘ton nafaqat dam olish va tabiatni his qilish uchun qulay, balki ekoturizm, faol dam olish hamda mahalliy madaniyat va hayotni yaqindan o‘rganish uchun jozibador yo‘nalishdir. Infratuzilmaning yaxshilanganligi va tabiiy resurslarning boyligi bu joyni ichki hamda chet el sayyohlari orasida mashhur qilmoqda.




