
Tersak turizm qishlog‘i tog‘ etagida joylashgan bo‘lib, dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan qishloq hayoti saqlangan. Tabiat va qishloq manzaralari sayyohlar uchun jozibali.Tersak qishlog‘i Taxti qoracha dovoni yoqasida, tog‘lar orasida joylashgan bo‘lib, u yerning musaffo tabiati, zilol havosi va keng ko‘lamli landshaftlari sayyohlarni o‘ziga jalb etadi.Atrofidagi tog‘ manzaralari, soylik yerlari va yovvoyi tabiat bu qishloqni aktiv ekologik sayrlar, piyoda yoki velosiped yo‘llari bo‘ylab sayrlar uchun juda mos qiladi.



