
Ushot turizm qishlog‘ida oilaviy mehmon uylari, hostel va mehmonxona mavjud bo‘lib, agroturizm, folklor va gastro-turizm xizmatlari ko‘rsatiladi. Mehmonlar qishloq hayoti va madaniyatini amaliy tarzda his qilishlari mumkin.Ushot turizm qishlog‘ida sayyohlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratilgan: Oilaviy mehmon uylari — milliy uslubda bezatilgan xonadonlarda yashash.Milliy taomlar — tandir non, osh, qatiqli taomlar va qishloq mahsulotlari.Hunarmandchilik jarayonlari — kashtachilik, gilamdo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi bilan tanishish.Qishloq hayoti tajribasi — bog‘dorchilik, chorvachilik jarayonlarini ko‘rish.
